PDP University · Kelajakka qadam

Yoshlar va bitiruvchilar uchun moliyaviy qo'llab-quvvatlash dasturi

"O'zmilliybank" AJ bilan hamkorlikda PDP University bitiruvchilari va yoshlari uchun biznes loyihalarini moliyalashtirish, kasb egallash va xorijda tajriba orttirish bo'yicha beshta yo'nalish taqdim etilmoqda.

Dastur haqida

Kelajakka qadam

"Kelajakka qadam" dasturi doirasida PDP University bitiruvchilari va yoshlari uchun turli yo'nalishlarda moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

Dastur tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb egallash, yangi ish o'rinlari yaratish hamda xorijda ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Har bir yo'nalish o'ziga xos talab va shartlarga ega — pastdagi yo'nalishlar orasidan sizga mos variantni tanlashingiz mumkin.

Rasmiy ma'lumot

Dastur bo'yicha rasmiy manba

Kredit shartlari, foiz stavkalari va ariza topshirish tartibi haqida to'liq ma'lumotni bankning rasmiy manbasidan olishingiz mumkin.

nbu.uz

Kredit shartlari

Yo'nalishni tanlang va shartlarni ko'ring

O'zini o'zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo'ymoqchi bo'lgan bitiruvchi va yoshlarga

Tadbirkorlikka ilk qadam

Kredit mahsuloti orqali oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kredit summasi 20 mln so'mgacha
Kredit muddati 18 oygacha
Imtiyozli davr 6 oygacha
Foiz stavkasi MB + 1%

To'liq shartlar

Kredit maqsadi O'zini o'zi band qilgan va biznesga ilk qadam qo'ymoqchi bo'lgan bitiruvchi va yoshlarning biznes g'oyalarini moliyalashtirish.
Kredit oluvchi O'zini o'zi band qilgan, o'ttiz bir yoshga to'lmagan bitiruvchi va yoshlar (jismoniy shaxslar uchun).
Kredit manbasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi.
Garov ta'minoti Kredit qaytmaslik xataridan sug'urta kompaniyasi polisi.
Alohida shartlar
  • Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi;
  • Kredit arizasi taqdim etilgan sanada 18 yoshga to'lgan va 31 yoshdan oshmagan jismoniy shaxs bo'lishi.
Stop faktorlar
  1. Salbiy kredit tarixiga egaligi;
  2. Muddati o'tgan kredit qarzdorliklarining mavjudligi.
Rasmiy ma'lumot

Ariza topshirish

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun.

Zarur biznes ko'nikmaga ega bo'lib, mustaqil biznes boshlamoqchi bo'lgan bitiruvchi va yoshlarga

Biznes start

Kredit mahsuloti orqali oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kredit summasi 300 mln so'mgacha
Kredit muddati 5 yilgacha Aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha
Imtiyozli davr 1 yilgacha Aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha
Foiz stavkasi MB + 1%

To'liq shartlar

Kredit oluvchi Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi.
Garov ta'minoti Talab etiladi — 100 mln so'mgacha sug'urta polisi asosida.
Stop faktorlar
  • Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi zarur;
  • Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi.
Rasmiy ma'lumot

Ariza topshirish

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun.

Tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talaba va yoshlarga

Biznes progress

Kredit mahsuloti orqali oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarning biznes loyihalarini moliyalashtirish.

Kredit summasi 2 mlrd so'mgacha
Kredit muddati 7 yilgacha Aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha
Imtiyozli davr 2 yilgacha Aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha
Foiz stavkasi MB + 1%

To'liq shartlar

Kredit oluvchi Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi.
Garov ta'minoti Talab etiladi.
Ish o'rni Kamida 2 ta ish o'rni yaratish kerak.
Stop faktorlar
  • Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi zarur;
  • Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi.
Rasmiy ma'lumot

Ariza topshirish

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun.

O'ttiz bir yoshga to'lmagan talaba va yoshlarni ish bilan ta'minlagan tadbirkorlik subyektlariga

Talaba invest

Kredit mahsuloti orqali oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari va yoshlarni bandligini ta'minlagan tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish.

Kredit summasi 10 mlrd so'mgacha
Kredit muddati 7 yilgacha Aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha
Imtiyozli davr 2 yilgacha Aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha
Foiz stavkasi MB + 1%

To'liq shartlar

Bandlik talabi Har bir milliard so'm qiymatgacha bo'lgan mablag' uchun kamida 1 nafar bitiruvchi ishga qabul qilinishi talab etiladi (shartlar bajarilmagan taqdirda kredit foizi tijorat stavkasiga o'zgartiriladi).
Garov ta'minoti Talab etiladi.
Stop faktorlar
  • Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi zarur;
  • Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi.
Rasmiy ma'lumot

Ariza topshirish

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun.

Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish va moliyalashtirish

Mening birinchi kasbim

Loyiha doirasida oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini kasbga tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish va moliyalashtirish.

Malaka oshirish 5 BHM/oy Tanlov asosida
Xorijiy kurs 50 BHM gacha
Biznes reja Qoplanadi
Bandlik Talaba Expo 2026

Loyihada yaratilgan imkoniyatlar

Stipendiya Oliygoh bitiruvchilari orasida tanlov o'tkazilib, ularga malaka oshirish davri uchun oylik 5 BHM gacha stipendiya ajratiladi.
Xorijiy kurslar Bitiruvchilar chet eldagi oliy ta'lim tashkilotlari va korxonalarda qisqa muddatli kurslarda qatnashishlari uchun 50 BHM gacha mablag' ajratiladi.
Biznes reja Biznes reja tayyorlash harajatlari qoplab beriladi.
Bandlikka ko'maklashish "Talaba Expo 2026" kasb ko'rgazmalari natijalariga ko'ra bitiruvchilar va yoshlarning bandligini ta'minlashga ko'maklashiladi.
Rasmiy ma'lumot

Batafsil ma'lumot

Savollaringiz bo'yicha bog'laning.

Kimlar uchun

Dasturda kim qatnasha oladi?

PDP University bitiruvchilari

Dastur oliy ta'lim tashkiloti bitiruvchilari va yoshlarga mo'ljallangan.

Mustaqil faoliyat boshlovchilar

Biznes g'oyasini amalga oshirmoqchi bo'lgan yoki mavjud biznesini kengaytirmoqchi bo'lganlar.

Toza kredit tarixiga egalar

Barcha yo'nalishlar bo'yicha umumiy talab — salbiy kredit tarixi va muddati o'tgan qarzdorlik bo'lmasligi.

Aloqa

Savollaringiz bormi?

Dastur va ariza topshirish tartibi haqida biz bilan bog'laning.